"Barselona" Messining ketmoqchi ekanligini tasdiqladi!

Mirjalol Normatov
25 avg 2020, 23:30
"Barselona"dagilar hujumchi Leo Messining ketishiga qarshi emas.

Kataloniya klubi futbolchini sotib yuborish borasida faks orqali kelgan so'rovlarga javob yozdi. Hususan, klubdagilar futbolchining ketishiga qarshilik ko'rsatishga hech qanday yuridik asoslari yo'q ekanligini, Messining o'zi ham istalgan vaqtda ketishini ma'lum qilgan.

Darhaqiqat, shartnoma bo'yicha Messi istalgan paytda klubdan ketishi mumkin. Ammo u buning uchun 30 may kuniga qadar rahbariyatga ketishini ma'lum qilishi kerak. Biroq u bunday qilmagandi.

Rahbariyat esa Messining ochiq-oydin norozilik bildirayotganiga qaramay, klubdagi holat normallashayotganini sezmoqda. Biroq gap shundaki, klub Messini shartnomada ko'rsatilgan tovon puli - 700 mln evroga sotmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal