"Barselona" Messining gol nishonlashi sababli jarimaga tortiladi

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 22:31
Ispaniya Primerosi rahbariyati "Barselona" hujumchisi Leo Messining gol nishonlashi sababli klubni jarimaga tortishni rejalashtirmoqda.

Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida Messi "Osasuna" darvozasiga urgan golini "Nyuellz Old Boyz" libosida nishonlagandi. Maradona o'z vaqtida ushbu klub sharafini himoya qilgan.

Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi ushbu libosdagi ayrim logotiplar tekinga reklama bo'lgan deb hisoblaydi va shu sababdan klub 3 ming evro jarima to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS