"Barselona" Messiga 5 yillik shartnoma taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017, 14:23
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining yangi shartnomasi deyarli tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, yaqin soatlar ichida Kataloniya klubi rahbariyati futbolchiga 5 yillik yangi bitimni taklif qiladi. Oldinroq "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Messini jahonning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi ekanligini aytgan edi. Shu bilan birga yangi bitimda "Barselona" Messi va Ispaniya soliq xizmati o'rtasida muammo bo'lmasligiga harakat qiladi. Klubdagilar Messi hech narsadan havotirlanmay, futbolga bor e'tiborini qaratishini istashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es