"Barselona" Mbappening transferini "Real"dan ilib ketmoqchi

Alisher
25 mar 2022, 12:17
"Barselona" PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Francuz uchun asosiy da'vogar Madridning "Real" klubidir.

Kataloniyaliklar agar "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xolandni o'z saflariga qo'sha olishmagan taqdirda, o'yinchini xarid qilishmoqchi. Klub francuz Xolandga nisbatan arzonga tushadi deb hisoblashmoqda.

Mbappe 2017 yildan beri francuz jamoasida o'ynaydi. Futbolchining shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. "Real" yozda o'yinchini erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib olishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe