"Barselona" Mbappe uchun "Real" bilan kurashadi

Alisher
16 okt 2020, 14:52
"Barselona" PSJ forvardi Kilian Mbappe uchun "Real" bilan raqobat qilishi mumkin.

Bu "ko'k-anorranglilar" prezidentligiga Viktor Font kelganida ro'y beradi. Boshqaruvchi o'z oldiga Kataloniya klubiga fransiyalik futbolchini olib kelish vazifasini qo'ydi.

Mbappe uchun asosiy da'vogarlardan biri Madridning "Real" klubidir. "Manchester Siti" ham 21 yoshli hujumchini o'z tarkibida ko'rmoqchi.

Ammo, PSJ futbolchi bilan yaqin orada xayrlashmoqchi emas. Forvardning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal