"Barselona" Valverde bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

Alisher
7 dek 2019, 14:22
"Barselona" 2020 yil yozda bosh murabbiy Ernesto Valverde bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.

Bu haqda kataloniyaliklar prezidenti Xosep Bartomeu ma'lum qildi.

- Biz doimo barcha musobaqalarda g'alaba qozonishga urinamiz. Bunda siz yutasiz yoki aksi bo'lsa ishingiz yaxshi emasligidan dalolatdir. Valverdening shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Ammo, shartnomada 2020 yilda bitimni bekor qilish va hamkorlik aloqalarini uzish haqida band bor, - deydi Bartomeu.

Eslatib o'tamiz, Valverde 2013-2017 yillarda "Atletik"da ishlaganidan so'ng "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Catalunya Radio