"Barselona" "Manchester Siti" hujumchisi uchun 150 mln evro tayyorlamoqda

Aslanov Jasurbek
12 noya 2018, 17:43
"Barselona" murabbiylar shtabi va rahbariyati kelasi yil jamoa hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Kataloniya klubidagilar Luis Suaresning yoshini (31) hisobga olib, jamoaga yana bir markaziy hujumchi olib kelmoqchi. Ko'k-anorranglilar kelasi mavsum startigacha "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni xarid qilishmoqchi. "Barselona" ushbu transfer uchun 150 mln evro tayyorlamoqda.

Jezus joriy mavsum "Manchester Siti" safida APLning 9ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net