Barselona Liverpul futbolchisiga 70 million evro to'lamoqchi

Khoja
18 yanv 2025, 10:07
Barselona yozda hujum chizig'ini yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.

Kataloniya klubi Liverpulning qanot hujumchisi Luis Diasni transfer qilishni maqsad qilgan. Hujumchi uchun kataloniyaliklar 70 million evro to'lashga tayyor.

Joriy mavsum Luis Dias 27 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 12 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Futbolchining Liverpul bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar davom etadi. Transfermarket nashri futbolchini 85 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru