"Barselona" Kvaratsxeliya transferi bo'yicha futbolchining vakillari bilan bog'langan

Administrator
5 apr 2024, 22:50
Kataloniya klub gruziyalik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

"Barselona" klubi "Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliyani sotib olishni maqsad qilgan. Kataloniya klubi gruziyalik futbolchining vakillari bilan bog'lanishga ham ulgurgan. Bu haqda AS nashri ma'lum qildi.

"Napoli" klubi prezidenti Aurelio De Laurentis esa ushbu mavsum yakunida klubning asosiy hujumchisi bo'lmish Viktor Osimxen boshqa klubga o'tishini sezib turibdi. Shu sabab ham, u "Napoli"ning boshqa yulduzlarini jamoada saqlab olish uchun bor kuchini ishga soladi. "Barselona" uchun esa bu muammoga aylanishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Xvicha Kvaratsxeliyaning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: AS