Barselona Italiya yoshlar terma jamoasi posboniga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 08:32
Interga tegishli bo'lgan ayni paytda Livornoda ijarada o'ynayotgan darvozabon Franchesko Bardi Barselona qiziqishiga sabab bo'ldi.
Bu haqda Italiya yoshlar terma jamoasi darvoazbonining agenti Vinchenco Rispoli aytib o'tdi.

Barselona xuddi Yevropaning turli klublari singari uni kuzatmoqda. Kataloniya klubi bilan rasmiy muzokara bo'lgani yo'q, sababi Bardining Inter bilan shartnomasi bor, men doimo reglamentga amal qilaman.

Agar Barselona Bardiga haqiqatan ham qiziqayotgan bo'lsa, avvalo Milan klubiga murojaat qilishi lozim.

Inter Francheskoga egalik qilish huquqining 50 foizini ham sotmoqchi emas, – deydi agent. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru