

Yarim himoyani kuchaytirish niyatida bo'lgan "Yuventus"ning asosiy maqsadi Frank Kessie bo'lib turibdi.
Manbaning xabar berishicha, Turin va "Barselona"ning poziciyalari asta-sekin yaqinlashmoqda.
Klublar yarim himoyachini taxminan 15 million evroga sotib olish varianti bilan ijaraga berishni muhokama qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kessie "Milan"dan erkin agent sifatida ketganidan so'ng Ispaniyada bir mavsum o'tkazdi.



