"Barselona" hujumchisi yozda "Sassuolo"ga qaytadi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2019, 18:22
"Barselona" hujumchisi Kevin-Prins Boateng jamoada qolmoqchi emas.

Forvard qishki transfer oynasida ijara asosida "Sassuolo"dan Kataloniya klubiga o'tgan edi. Boatengga o'zining klubdagi holati yoqmayapti. Futbolchi hozirgacha ko'k-anorranglilar safida bor-yo'g'i 2 marta maydonga tushdi va bundan mamnun emas. Forvard ko'proq o'yin amaliyotiga umid qilgan edi. Boateng yozda "Sassuolo"ga qaytishni istayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com