"Barselona" himoyachisi klubni tark etadi

Aslanov Jasurbek
28 may 2017, 19:43
"Barselona" himoyachisi Jeremi Matyo Ispaniya Kubogi final uchrashuvi doirasida o'tkazilgan "Alaves"ga qarshi bahsdan so'ng, jamoadoshlariga yozda jamoani tark etmoqchi ekanligi haqida aytdi.

33 yoshli fransiyalikning ko'k-anorranglilar bilan shartnomasi kelasi yil yakuniga etadi.

Ma'lum bo'lishicha, Matyo Madriddan Barselonaga qaytayotgan paytda jamoadoshlaridan to'pga imzo qo'yib berishni so'ragan.

"Barselona" "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final ilk uchrashuvidan (0:3) so'ng, Matyodan hafsalasi butunlay pir bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo