“Barselona” himoyachisi jarohat sabab faoliyatini yakunlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
19 dek 2020, 08:50
Mussa Vagening kelajagi so'roq ostida.

“Barselona”ning PAOK safida ijara asosida harakat qilayotgan 22 yoshli himoyachisi Mussa Vage tizzasidan og'ir jarohat oldi. Ma'lumotlarga ko'ra senegallik futbolchi Ispaniyada operaciya qilinadi. Uning tiklanishi uchun esa bir yil vaqt ketishi kutilmoqda. Hatto futbolchining faoliyatini yakunlashi borasidagi variant ham mavjud.

Vage joriy mavsum PAOK safida 12 ta o'yinda qatnashib, 1 ta golli uzatma bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es