

"Manchester Siti" futbolchisi Ilkay Gyundogan "Barsa"ga o'tishi mumkin. Ispan klubi futbolchini yozda bepul o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Gyundoganning amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirida yakuniga etadi. "Barselona" futbolchini yarim himoyani mustahkamlash uchun olib kelmoqchi.
Ma'lumot uchun, Ilkay Gyundogan 2016 yildan beri "Manchester Siti"da harakat qilib kelmoqda.



