

Futbolchi Kataloniyaga qaytib borgan va bugun ilk mashg'ulotda qatnashgan. Usmon Fransiya termasi bilan birgalikda jahon chempionligini qo'lga kiritgandi. Finalgacha yetib borgan futbolchiga klub tomonidan 12 avgustga qadar dam berilgandi. Ammo francuz tatilini qisqartirdi.
JCH finalida o'ynagan "Barselona"ning uch futbolchisi Ivan Rakitich, Tomas Vermalen va Samyuel Umtiti hali dam olmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 12 avgust kuni Marokashda Ispaniya superkubogi doirasida "Sevilya"ga qarshi bahs olib boradi.



