"Barselona" futbolchisi MYUga o'tmoqchi emas

Alisher
27 fev 2020, 11:31
"Barselona" xavbeki Arturo Vidal klubdan ketishni xohlamayapti.

32 yoshli o'yinchini "Manchester Yunayted" o'z safida ko'rmoqchi, ammo o'yinchining o'zi "qizil iblislar" safida o'zining kelajagini ko'rmayapti.

Xabar berilishicha, Milanning "Inter" klubi ham yozgi transferlar oynasida Vidal uchun kurashib ko'radi.

Chililik futbolchi joriy mavsum La Ligada 20ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport