"Barselona" - "Dinamo" Kiev uchrashuvi borasida rasmiy ma'lumot berildi

Mirjalol Normatov
3 noya 2020, 23:50
YCHLning 3-turi doirasidagi "Barselona" - "Dinamo" uchrashuvi bekor qilinmaydi.

Kiev klubining Kataloniyaga yetib borgan barcha a'zosi koronavirus testini topshirgan va ularning birortasida virus aniqlanmagan. Shu orqali ertaga o'yinning o'tkazilishi aniq bo'ldi. Agarda ushbu testda "Dinamo"ning bir futbolchisida virus aniqlanganida o'yin bekor qilinishi mumkin edi.

Ayni damda "Dinamo" Kievning 13 asosiy futbolchisida virus aniqlangan va ularning o'rni yoshlar jamoasi tarkibi bilan to'ldirilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal