"Barselona" Depay bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
20 avg 2022, 22:14
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay klub bilan shartnomasi bekor qilinishiga rozi bo'ldi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, endilikda futbolchi erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tadi. O'z navbatida Turin klubi ham futbolchi bilan shartnomasining pasayishi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

28 yoshli Depay "Yuventus" bilan 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano