"Barselona" Dembelega 15 kun vaqt berdi

Mirjalol Normatov
3 dek 2021, 00:50
"Barselona" vingeri Usmon Dembele klub taklif qilayotgan shartnomaga qo'l qo'ymoqchi emas.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchi 15 kun davomida bir qarorga kelmasa, klub tomonidan transferga qo'yiladi va qishda jamoadan ketadi.

Ayni damda uning xizmatlariga "Nyukasl" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Klub yaxshi gonorar taklif qilayotgani sababli, futbolchining agenti Dembelega bosim o'tkazmoqda.

Dembelening klubi bilan kelishuvi 2022 yil yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo