"Barselona" De Ligt uchun 4 nafar o'yinchisini berib yuborishga tayyor

Tolibjon Qosimov
28 mar 2019, 12:55
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaks" markaziy himoyachisi Matteys De Ligt uchun nafaqat pul, balki o'z tarbiyalanuvchilarini ham berishga tayyor.

Bu haqda "Catalunya Radio" maumot tarqatdi.

Ushbu transfer uchun himoyachi Xuan Miranda, yarim himoyachilar Oriol Buskets va Riki Puch amstyerdamliklar safiga ijara asosida borishlari mumkin. Bundan tashqari, "ko'k-anorranglilar" markaziy himoyachi Jan-Kler Todiboni ham berib yuborishga tayyorlar. Todibo qishda "Tuluza"dan sotib olingan va "Barselona" asosiy jamoasida hali o'ynamagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Catalunya Radio