"Barselona" bir yo'la ikki himoyachini kuzatmoqda

Mirjalol Normatov
8 okt 2018, 21:27
Qishki transferlar oynasi vaqtida "Barselona" markaziy himoyani yaxshilab olmoqchi.

Football Espana xabariga ko'ra, bunga "ko'k-anorranglilar"ning bosh murabbiyi Ernesto Valverde ehtiyoj sezmoqda. U Kleman Langle, Tomas Vermalen hamda Jerar Pikelarning o'yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti.

Shu boisdan ayni damda "Barselona" "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar va "Ayaks" beki Matteys de Ligtlarning o'yinlarini kuzatib borishmoqda. Jamoa ushbu futbolchilar bilan qishdayoq shartnoma tuzmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana