"Barselona" Ben-Yedder uchun 80 million evro taklif qildi

26 yanv 2020, 01:02
Jamoa markaziy hujumchi izlashda davom etadi.

"Foot Mercato" nashri xabariga ko'ra, katalon klubi vakillari "Monako" rahbariyati bilan uchrashib,  Vissam Ben-Yedder uchun 80 mln evro evro taklif qilgan. Ammo klub mutasaddilari "Barsa"ning taklifini rad qildi. Ular jamoaning eng yaxshi to'purarini qishda qo'yib yuborishmoqchi emaslar. 

Avvalroq "ko'k-anorranglilar" "Valensiya" vakili Rodrigo yoki "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot