"Barselona" "Bavariya" bilan bog'lanmagan

Mirjalol Normatov
15 may 2022, 13:50
Hujumchi Robert Levandovski "Bavariya"dan "Barselona"ga o'tishni istamoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, futbolchining agenti Pini Zaxavi mijozining transfer ishlarini tezlatishni istamoqda. Ammo Kataloniya klubi Robert borasida hali hamon "Bavariya"ga rasmiy taklif jo'natmagan.

Levandovski esa "Barselona" taklif qilayotgan 3 yillik shartnomaga qo'l qo'yishga rozilik bergan. Oldinroq hujumchi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Bavariya"dan ketishini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano