Barselona APLda ishlayotgan bir yo'lla to'rt nafar murabbiyga qiziqmoqda

Khoja
22 mar 2024, 10:47
Barselona Xavining o'rniga yangi murabbiy izlashda davom etmoqda.

Kataloniyaliklar hozirda asosiy e'tiborini APL jamoalarining murabbiylariga qaratgan. Ispan klubi Pep Gvardiola, Yurgen Klopp, Mikel Arteta va Andoni Iraoli (Bornmut) kabi murabbiylarga qiziqish bildirmoqda. Biroq hozircha hech bir murabbiy bilan muzokara olib borilmagan. Bu haqida Barselona sport direktori Deku ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, yanvar oyida Xavi jamoadan ketishini ma'lum qilgandi. Biroq bir necha kun avval klub prezidenti Laporta jamoa ECHL yarim finaliga yo'l olgan taqdirda Xavini jamoada olib qolishga harakat qilishini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru