

Unga ko'ra, Madridning “Atletiko” klubiga qarashli “Visente Kalderon” stadioni final o'yiniga mezbonlik qiladi. Uchrashuv 27 may kuni bo'lib o'tadi.
Bu haqda Ispaniyaning mashhur Marca nashri xabar tarqatdi. Kataloniya klubi finalni “Santyago Bernabeu” stadionida o'tkazishni xohlagandi. Lekin “Real” rahbariyati bu so'rovga rozilik bermagan edi.
Eslatib o'tamiz, “Real” klubi chorak finalda Vigoning “Selta” klubiga ikki o'yin natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgandi.



