"Barselona" 17 avgust kuni yangi futbolchisini tanishtiradi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2017, 12:23
"Guanjou Evergrand" yarim himoyachisi Paulino "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.

29 yoshli braziliyalik 17 avgust kuni jamoatchilikka tanishtiriladi.

Paulino Xitoy klubidagilar bilan xayrlashishga ulgurdi va Yevropaga uchib ketdi. 16 avgust kuni futbolchi klub bilan shartnoma tuzadi, bir kun o'tib esa tanishtirish marosimi bo'lib o'tadi.

Oldinroq "Guanjou Evergrand" bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Paulino faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishi mumkinligini tasdiqlagan edi. Transfer 40 mln. evro evaziga amalga oshadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es