"Barsa" va "Vest Xem" Breytueytning 15 mln evrolik transferi borasida kelishuvga erishishdi, ammo...

Alisher
30 iyul 2021, 17:38
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt APLga o'tishga yaqin.

"Ko'k-anorranglilar" va "Vest Xem" daniyalik futbolchining 15 million evrolik transferi borasida kelishuvga erishishdi.

Ammo bitim hali yakunlangani yo'q: 30 yoshli futbolchini London klubi taklif etgan shaxsiy shartnoma shartlariga qoniqtirmayapti.

Futbolchi "Barselona" tarkibida La Liga doirasidagi 40ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport