"Barsa" sobiq forvardi Breytueyt "Espanol"ni xarid qilmoqchi

Alisher
4 avg 2024
"Barselona" sobiq hujumchisi Martin Breytueyt "Espanol"ni xarid qilishga qiziqmoqda.

Futbolchi 2022 yildan 2024 yilga qadar "Espanol"da o'ynagan.

33 yoshli futbolchi u bilan ziddiyatda bo'lgan hozirgi klub rahbarlaridan qutulmoqchi. Ular o'tgan yozda o'yinchini nomi aytilmagan La Liga klubiga qo'yib yuborishmagan.

Daniyalik Kataloniya klubini iyulda shartnomasi yakuniga etgach tark etdi. U "Espanol"da yangi kelishuv bo'yicha olgan taklifi "hurmatsizlik" bo'lganini aytdi. Hujumchi yakunda "Gremio" o'yinchisiga aylandi.

Breytueyt eng boy futbolchilar qatoriga kiradi. U AQSHda uy oldi-sotdisi, Gavada restoran va kiyimlar bizneslariga egalik qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Marca