"Barsa" "Sevilya" bilan Kunde bo'yicha kelishuvga Depayni qo'shmoqchi. Forvard kataloniyaliklarga kerak emas

Omonjon To`xtamirzayev
14 iyul 2022, 14:20
"Barselona" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde transferiga hujumchisini ham qo'shmoqchi.

As"ning xabariga ko'ra, Usmon Dembele bilan kelishuv uzaytirilgani, Rafinya Dias sotib olingani va Robert Levandovskining ehtimoliy transferini inobatga olib, Depayga tarkibda joy qolmayapti. Futbolchi klubning bo'lajak mavsum uchun rejasiga kirmaydi.

"Barselona" Memfisni "Sevilya" bilan Jyul Kunde bo'yicha bo'ladigan kelishuvga qo'shishni juda xohlamoqda. Andalusiya klubi bitimga boshqa bir futbolchi ham qo'shilsa, fransiyalik himoyachisi uchun talab qilayotgan narxni tushirishga roziligi bildirgandi.

Depayning "Barsa" bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi. Forvard xizmatlariga qiziqish bo'lsada, u uchun katta summa beradigan xaridor topish qiyin masala.

"Barsa" hujumchining o'ziga ham agar 20 mln evrolik taklif tushsa, qabul qilishini ma'lum qilib ulgurgan. O'z navbatida kataloniyaliklar bunday taklif bo'lishi juda qiyinligini yaxshi bilishadi.

O'tgan mavsum 28 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 37 o'yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 2 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: As