"Barsa" Serji Roberto bilan 2024 yilga qadar shartnomani uzaytirishi mumkin

Alisher
28 iyun 2021, 18:24
"Barselona" himoyachisi Serji Robertoning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Kataloniya klubi 29 yoshli o'yinchi bilan shartnomani 2024 yilning iyuniga qadar uzaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Avvalroq klub Roberto bilan shartnomani bir yilga uzaytirmoqchi bo'lgan va parallel ravishda uni 25 million evroga sotmoqchi bo'lgandi. Ammo, ikki reja ham amalga oshmadi.

Qayd etish kerakki, o'tgan yozda Roberto uchun 60 million evro to'lashga tayyor klub bor edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca