"Barsa" prezidentligiga nomzod: "Agar men prezident bo'lsam, Kuman jamoani boshqarmaydi"

Alisher
19 avg 2020, 13:53
"Barselona" prezidentligiga nomzod biznesmen Viktor Font klub haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Hattoki Kuman ajoyib mavsum o'tkazsa ham, men rejalarimni o'zgartirmayman. Agar prezident bo'lsam, Kuman 2021/22 yilgi mavsumda "Barsa"da murabbiy bo'lmaydi.

Xavi klubdagi jumboqlarni bir-biriga moslashtirish kerakligini tushunadi. Direktorlar kengashi jamoani kim boshqarishini hali qiladi, bizning holatda u [Xavi] bo'ladi.

Klubdagi tanqidiy vaziyat, sport va iqtisodiy jihatlardagi muammolar sabab Messi umidsizlikda. Messining 2021 yilda Xavi qo'l ostida o'ynashiga umid qilaman", - deydi Font.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: cadenaser.com