"Barsa" Koutino bo'yicha taklif olmadi, ammo uni 80 mln evroga sotishiga ishonmoqda

Alisher
27 iyul 2020, 15:48
"Bavariya"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" futbolchisi Filippe Koutinoning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

"Barselona" 28 yoshli braziliyalik futbolchi bo'yicha taklif olmadi. Bundan tashqari Kataloniya klubi Koutinoni kamida 80 million evroga sotmoqchi.

Qayd etish kerakki, Kataloniya klubi rahbarlariga Koutino borasida ko'plab qo'ng'iroqlar bo'lgan, ammo hech bir klub aniq harakatlarga o'tmagan.

"Barselona" umidni yo'qotmagan holda Koutino uchun klub topilishiga ishnomoqda.

Futbolchi joriy mavsum "Bavariya" tarkibida Bundesliga doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca