"Barsa" Bernarduni ushbu yozda "Man Siti"dan 50-60 mln evroga xarid qilishni rejalashtirmoqda (Jerar Moreno)

Alisher
10 avg 2022, 16:55
"Barselona" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaning transferini amalga oshirmoqchi.

Jurnalist Jerar Morenoning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi ushbu yozda portugaliyalikni 50-60 mln evroga xarid qilishni rejalashtirmoqda. Yaqin kunlarda uchrashuv bo'lib o'tadi va unda bitim muhokama qilinadi.

Bernarduning o'zi esa "Barsa"ga o'tishni qattiq xohlamoqda.

Silva o'tgan mavsum "Man Siti" tarkibida barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero