Barkli qachon "Chelsi" safida debyut qiladi?

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2018, 21:45
Yanvarda "Chelsi"ga o'tgan Ross Barkli yangi jamoasi safida shu haftadayoq debyut qilishi mumkin.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte matbuot-anjumanida aytib o'tdi.

"Ross biz bilan juda yaxshi ishlamoqda. U "Norvich"ga qarshi bahsni zaxira o'rindig'ida boshlab, keyinroq o'yinda ishtirok etishi mumkin. Barkli biz uchun juda yaxshi xarid, u iqtidorli yosh futbolchi" - deydi Konte.

"Chelsi" hamda "Norvich Siti" o'rtasidagi Angliya Kubogi 1/32 final javob uchrashuvi 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Ilk bahsda hisob ochilmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com