Balotelli yana qizil kartochka oldi (video)

Aslanov Jasurbek
6 noya 2017, 13:30
"Nicca" hujumchisi Mario Balotelli "Dijon"ga qarshi Fransiya chempionatining 12-tur uchrashuvida qizil kartochka oldi.

Ushbu bahsdagi yagona golni penaltidan urgan Balotelli o'yinni yakunlay olmadi. 89-daqiqada Sedrik Yambere Mariodan to'pni olib qo'yib, qarshi hujumga otlanadi. Italiyalik hujumchi o'z xatosini to'g'irlash uchun raqibga orqadan tashlanadi va o'yin qoidasini buzadi. Uchrashuvni boshqargan Olive Tyual forvardga qizil kartochka ko'rsatib, uni maydonda chetlatdi.

Bu futbolchining faoliyatidagi to'qqizinchi qizil kartochka bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Balotelli o'tgan mavsum "Nicca" safida 3 marotaba chetlatilgan edi.

"Nicca" - "Dijon" 1:0

TAS-IX


Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia