Bakka bitta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2017, 23:11
“Milan” hujumchisi Karlos Bakka bir o'yinga chetlatildi.

30 yoshli hujumchi A Seriyaning 28-turida jamoasining “Yuventus”ga (1:2) qarshi kechgan bahsida nosportcha hatti harakati uchun jazolandi.

Kolumbiyalik futbochli o'sha uchrashuvning so'nggi daqiqasida o'z jamoasi darvozasiga belgilangan penalti bois yordamchi hakam bilan faol bahsga kirishdi.

Natijada Bakka A seriyaning navbatdagi turida “Jenoa”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia