Bakayoko: "MYU - katta jamoa emas"

Aslanov Jasurbek
14 mar 2018, 10:34
"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko "Instagram"dagi sahifasida Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida "Sevilya"ga mag'lub bo'lgan "Manchester Yunayted" ustidan kuldi.

Javob uchrashuvida ispan klubining fransiyalik hujumchisi Vissam Ben-Yedder dubl qayd etdi. "Manchester Yunayted"dan Romelu Lukaku bitta gol bilan javob qaytardi.

"Katta jamoa emas" - deb yozdi Bakayoko Vissam Ben Yedderning goli ostiga.

Eslatib o'tamiz, "Sevilya" 60 yilda ilk marta Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com