Bahraynni Osiyo Kubogiga Adnan Hamad tayyorlaydi

7 avg 2014, 12:46
Iroqlik taniqli mutaxassis Bahrayn milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
2004 yil “Osiyoning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan Adnan Hamad avvalgi hamkasbi Entoni Xadson o'rnini egalladi. Negaki angliyalik mutaxassis Yangi Zelandiyani qabul qilib oldi.

Demak, bundan buyon bahraynliklarni Adnan Hamad boshqaradi. Uning oldiga qo'yilgan asosiy vazifa terma jamoani Osiyo Kubogi-2015ga puxta tayyorlashdir. Bu haqda milliy federatsiya prezidenti aytib o'tdi.

Adnan Hamadning o'zi esa bu borada shunday dedi: “Men ilgari Iroq va Iordaniya termasida ishlaganman. Bahraynning o'yin uslubi ularga yaqin bo'lgani uchun shu jamoani boshqarishga rozi bo'ldim. Bahraynlik futbolchilarda xarakter juda kuchli, bu esa mening ishimni birmuncha osonlashtiradi”.

Eslatib o'tamiz, Bahrayn terma jamoasi Osiyo Kubogining guruh bahslarida Eron, BAA va Qatarga qarshi bahs olib boradi.

Manba: championat.asia