Azmun "Zenit"ga borib qo'shildi va Semak bilan uchrashdi

9 fev 2019, 03:15
"Zenit" klubining yangi a'zosi Sardor Azmun jamoa joylashgan bazaga yetib bordi.

24 yoshli hujumchi Ispaniyada yig'in o'tkazayotgan "Zenit"ga borib qo'shildi va jamoa bosh murabbiyi Sergey Semak bilan uchrashdi. Eronlik forvard 1 fevral kuni "Rubin"dan piterliklar safiga o'tgandi. Azmun Eron terma jamoasi bilan Osiyo Kubogining yarim final bosiqchiga qadar yetib bordi. BAAdagi musobaqa yakunilanganidan so'ng Sardorga qo'shimcha dam olish taqdim etilgan.

Hujumchi Rossiya chempionati va Yevropa Ligasm pley-off bosqichida qatnashish uchun 7-raqam ostida ro'yxatdan o'tkazildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fc-zenit.ru