

Mazkur o'yin oldidan navoiyliklar himoyachisi Azizbek Usmonovning fikrlari bilan qiziqdik.
-O'tgan turda Buxoro bilan uchrashuvda qayd qilingan natija allaqachon unut bo'lgan, - deydi Azizbek Usmonov. - Hozir esa barchaning diqqat-e'tiborimiz Nasaf bilan bo'ladigan bahsga qaratilgan. Raqibimiz xalqaro o'yinlar hadisini olgan. Nasaf bejizga amaldagi O'zbekiston kubogi sohibi emas. Ammo bu jamoamiz a'zolarini cho'chita olmaydi. Albatta, Qarshidan uyga ijobiy natija bilan qaytish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz.
Muhimi, navbatdagi turga puxta hozirlik ko'rdik. Jamoadoshlarimning kayfiyati a'lo darajada. Bugun o'yinimizni tomosha qilish uchun Navoiydan ham ko'psonli muxlislar tashrif buyurishi kutilmoqda. Biz chiroyli o'yinimiz bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz, albatta.
Qizilqum PFK matbuot xizmati.


