Aziz To'xtaboev: “Bizga sovuqqonlik yetishmadi”

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2019, 22:26
“Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” bosh murabbiy vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev ishtirok etdi.

- Bugungi o'yinda faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushgan edik. Futbolchilarga orqaga yo'l yo'q ekanligini tushuntirgandim. Gol urishni haddan tashqari ko'p istaganlaridanmi bilmadim nimagadir futbolchilarda vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonlik yetishmadi. Aksincha raqiblarimiz kam sonli hujumlarini gol bilan yakunlashdi. Agar barcha vaziyatlardan unumli  foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi. 

Bugungi uchrashuvda bizni qo'llab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Mag'lubiyat uchun ulardan uzr so'rayman. Keyingi o'yinlarda vaziyatni o'nglash uchun harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz