Aziz Haydarov jamoasi 10 kishi bo'lib g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2014, 11:35
Kecha BAA pro ligasida 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Aziz Haydarov to'p tepayotgan "Al Shabab" klubi safarda "Al Dafra" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvda terma jamoamiz a'zosi Aziz Haydarov to'liq o'ynadi. Takidlash lozimki, "Shabab" vakili Enrike Luvannor bahsning 10-daqiqasida qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. "Al Shabab" ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 25taga etkazib oldi va musobaqa jadvalining 2-pog'onasiga chiqib oldi. 

"Al Shabab" navbatdagi o'yinni 22 dekabr kuni o'z maydonida "Al Ayn" klubiga qarshi o'tkazadi.

"Al Dafra" - "Al Shabab" 1:2
Gollar:
M.Diop 44 - Issa Muhammad 38, K.Villanueva 85.
Chetlatish: Enrike Luvannor 10 ("Al Shabab")

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia