Aziz Haydarov: "Koreyaga qarshi o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz"

Aziz Tukhtamuradov
19 yanv 2015, 19:00
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Azizbek Haydarov Janubiy Koreyaga qarshi bo'lib o'tadigan chorak final o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Koreyaning juda kuchli ekanligini bilamiz. Ular Osiyoning top-terma jamoalaridan biri hisoblanadilar. Ularning Avstraliyaga qarshi o'tkazgan o'yinlarini ko'rdik. G'alaba qozonish qiyin bo'ladi.

Ikkala jamoada ham imkoniyat bor. Terma jamoamiz o'yinda yaxshi natijaga erishishga harakat qiladi”, - deya Azizning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda afcasiancup.com sayti.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia