

Oldinroq terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov viza muammosi tufayli Toshkentga kela olmasligi haqida xabar bergandik.
O'FF rasmiy tvitterining xabariga ko'ra, BAAning "Al Shabab" klubi yarim himoyachisi Aziz Haydarov ham o'rtoqlik uchrashuviga kela olmaydi. Ayni paytda "Shabab" Yevropada mavsumoldi yig'in tashkil etgan.
Jarohat tufayli "Lokomotiv" hujumchisi Farhod Tojiev ham Turkiyaga qarshi o'ynay olmasligi oydinlashgan. Mirjalol Qosimov o'rtoqlik uchrashuvida bir qator yoshlarni sinab ko'rishi foydadan holi emas albatta.



