Azim Ahmedov: "Karantin bo'lmaganida ham muhim ochkolarni qo'lga kirita olardik"

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2020, 10:29
Namanganning "Navbahor" jamoasi safarda "Metallurg" maydonida g'alabani tantana qildi.

Uchrashuvdan so'ng "lochinlar"ning yetakchi futbolchisi va sardori Azim Ahmedov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Mazkur bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. "Metallurg" avvalgi turlarda juda tartibli va ishonchli harakat qilayotgandi. Shu bois ularni yanada yaxshiroq o'rganishga harakat qildik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'rib chiqdik. Biz har bir turda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Karantin bo'lmaganda ham shunday muhim ochkolarni qo'lga kirita olardik deb o'ylayman. Men bunga ishonaman. Joriy mavsumda tarkibimizda yaxshi bollar yig'ildi. Ular bilan birga OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga aminman. Jamoadoshlarimni hammasi o'z ishini sevadi va mehnat qilishdan qochmaydi. Do'stlarim bilan faxrlanaman. G'alaba bilan barcha ishqibozlarimizni tabriklayman",- deydi Azim Ahmedov.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia