Azar: "To'pig'imdan olgan jarohatim o'tmishda qolib ketdi"

Mirjalol Normatov
15 avg 2021, 12:47
"Real" vingeri Eden Azar "Alaves"ga qarshi bahsdan keyin o'zining holati haqida gapirdi.

"Jarohatim o'tmishda qolib ketdi, bu fikrlarni miyamdan chiqarib tashlaganman. Benzema bilan o'ynash menga yoqadi. Bir-birimizni yaxshi bilamiz. O'zimni yaxshi his qilyapman. Ushbu mavsumda LaLigani yutishimiz kerak", - dedi Azar.

Azar kechagi bahsda 66 daqiqa harakat qildi va Benzemaning goliga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Movistar