Azar "Sherif"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 20:49
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida "Sherif"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Belgiyalik futbolchi gastroenterit (meda va ingichka ichak shilliq qavatining yallig'lanishi) tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. U jamoa bilan Tiraspolga bormaydi.

Avvalroq Azar shu kasallik sababli La Liganing 14-turi doirasidagi "Granada" bilan o'yinni (4:1) o'tkazib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/carlitosonda