Azar "Real"ning yaqinlashib kelayotgan ikki o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
21 avg 2019, 17:17
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar klubning yaqin 2 o'yinida maydonga tushmaydi.

Xavbek 24 avgust kuni bo'lib o'tadigan "Valyadolid" hamda 1 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan "Vilyarreal"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Oldinroq, Azar sonidan olgan jarohati tufayli La Liganing 1-tur doirasidagi "Selta" (3:1)ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

Eslatib o'tamiz, Azar "Real" shu yozda "Chelsi"dan 100 million evro evaziga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS