Azar qishda "Real"ni tark etishni istamayapti

Aslanov Jasurbek
1 noya 2021, 21:52
"Real Madrid"ning belgiyalik hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar hali-hamon "Qirollik klubi"ning asosiy tarkibidan doimiy o'rin egallay olmayapti.

Yaqinda Azar qishki transfer oynasida "Real Madrid"ni tark etishi haqida mish-mishlar tarqaldi hamda "Chelsi" va "Nyukasl" unga qiziqish bildirayotgani aytilgandi.

Biroq Ispaniyaning nufuzli Marca nashri Eden Azarning "Real"dan ketishni istamasligi va "blankos"dagi asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurashni davom ettirish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

Joriy mavsumda Eden Azar "Real Madrid" safida o'nta o'yinda qatnashib, o'z hisobiga atigi bitta golli uzatmani yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca